Namangan koʻchalari yanada orasta boʻladi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Yashillikka burkangan Namangan shahri koʻchalarining sarishtaligiga kishining havasi keladi. Yoʻllar boʻyi, xiyobonlarni bezab turgan rang-barang gullar koʻngillarga quvonch bagʻishlaydi. Hududni chinakam yashil makonga aylantirgan bu gul-u chechaklar doimiy parvarish, qarov bilan durkun.
Kuni kecha viloyatga keltirilgan 14 ta suv tashish mashinasi bu borada obodonlashtirish sohasi imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
— Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan “Foton” rusumli bu avtomashinalar ayni bizning sohamizga mos, — deydi obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Xusniddin Qozoqboyev. — Ular har jihatdan qulayligi, xususan, transport kirishi noqulay boʻlgan hududlarda ham xiyobon va gulzorlardagi koʻchatlarini sugʻorishda bizga juda qoʻl keladi.
Namanganda har tong koʻchalarga sepilayotgan suv shahar havosiga salqinlik, dillarga orom bagʻishlaydi. Obodonlashtirish tizimi qabul qilib olgan yangi mashinalar hisobiga orasta hududlar yanada koʻpayadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring