Namangada oʻtgan “Navbahor” va “Paxtakor” oʻyinida qayd etilgan hisob mahalliy muxlislarning keskin eʼtiroziga sabab boʻldi

09:55 08 Aprel 2021 Sport
502 0

Namangan shahar “Navbahor” oʻyingohida “Navbahor” va “Paxtakor” futbol klublari oʻrtasida oʻtkazilgan uchrashuv boʻyicha Namangan viloyati IIB rasmiy maʼlumot berdi.

“2021-yil 7-aprel kuni Namangan shahar ”Navbahor“ oʻyingohida ”Navbahor“ va ”Paxtakor" futbol jamoalari oʻrtasida 5-davra uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuv soat 18:30da boshlanib, soat 20:25 da (qoʻshib berilgan vaqt hisobiga) tugadi.

Oʻyingohga jami 15800 nafardan ortiq muxlislar tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida, oʻyinning soʻnggi 89-daqaqisida “VAR” tizimi orqali “Navbahor” futbol jamoasi darvozasiga 11 metrlik penalti belgilanib, “1-2” hisobida “Paxtakor” futbol jamoasi gʻalabasi bilan yakunlanganligi “Markaziy” oʻyingohga toʻplangan futbol ishqibozlarining keskin eʼtirozlariga sabab boʻldi.

Oʻyin yakunlangach, eʼtiroz bildirayotgan tomoshabinlarga tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilib, tarqatish choralari koʻrildi.

Hakam, mehmon oʻyinchilar va “Paxtakor” fan klubining 35 nafar aʼzolari nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qoʻyildi.

Mazkur uchrashuv davomida jamoat tartibi toʻliq saqlanib, fuqarolar orasida hech qanday talofat yoki tan jarohat olish holatlariga yoʻl qoʻyilmadi.

Tomoshabinlar orasida faol eʼtiroz bildirib, boshqalarga taʼsir oʻtkazmoqchi boʻlgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olinib, Davlatobod tuman IIBga olib kelindi hamda shaxsiga aniqlik kiritilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yoʻl qoʻyilmadi" deyiladi IIB axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?