Nabirasining oʻyinchoq toʻpponchasi bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan shaxs 5 yilga qamaldi
Toshkentda bankka bostirib kirib, xodimlarga oʻyinchoq toʻpponcha bilan tahdid qilib, pullarni oʻmarmoqchi boʻlgan shaxs 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, 18-aprel kuni soat 16:30 atrofida niqob kiygan nomaʼlum shaxs koʻrinishidan toʻpponchaga oʻxshagan buyum bilan bank ishchisidan pul talab qilgan. Shundan soʻng u Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari kelganida markaz oynasini sindirib qochib ketayotganida qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, erkakning qoʻlidagi toʻpponcha nabirasining oʻyinchogʻi boʻlgan. Sudda prokuror erkakka 9-yil qamoq jazosi berilishini soʻradi.
“Ertalab uydan chiqqanimda nabiramning kichkina oʻyinchoq toʻpponchasi choʻntagimda qolib ketgan ekan. Ozgina oldi berdim bor edi. Bilmadim nega bu ishni qildim oʻzim ham hayronman. Qarzlar sabab tushkunlikka tushgan edim. Yunusobodga kelib, shu ishni qilib qoʻydim”, degan fuqaro.
Hukmga koʻra, erkak Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismida (Oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan bosqinchilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyasida oʻtattirish belgilandi.
Avvalroq ushbu fuqaroning qoʻlga olingani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring