Myanmada sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni ming nafardan oshdi
Kecha, 28-mart kuni Myanma markazida 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir boʻlgan edi. Mazkur zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni ming nafardan oshdi. Bu haqida “Sky News” nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, zilzilaning chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan hamda epitsentr mamlakatning ikkinchi yirik shahri Mandalaydan 17,2 kilometr uzoqlikda joylashgan.
“Mamlakatda sodir boʻlgan dahshatli zilzila natijasida qurbonlar soni 1002 kishiga yetdi, jarohat olganlar esa 2376 nafarni tashkil qilmoqda”, — deyiladi mahalliy hukumat vakili bayonotida.
Taʼkidlanishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganligi sababli zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni yanada ortishi mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, bir qancha davlatlar, jumladan, Xitoy, Hindiston va Rossiya davlatlari zilzila oqibatlarini kamaytirish maqsadida Myanmaga tibbiyot xodimlari hamda qutqaruv brigadalarini yuborgan.
Maʼlumot uchun, ushbu zilzila mintaqada soʻnggi 80-yil ichida sodir boʻlgan eng yirik Yer silkinishi hisoblanib, uning taʼsiri nafaqat Myanma hududida, balki qoʻshni davlatlarda ham sezilgan. Jumladan, Tailand poytaxti Bangkokda ham kuchli silkinishlar kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring