Muzaffarda zafarli yurish davom etadi. Endigi raqib juda kuchli
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettiryapti.
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempioni Muzaffarbek Toʻraboyev «Parij-2024» yozgi Olimpiada oʻyinlarida ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Birinchi bellashuvda qozogʻistonlik Nurlixan Sharxanni yenggan yurtdoshimiz chorak finalda niderlandiyalik Mixail Korrelni ham sof gʻalaba — ippon usuli bilan magʻlubiyatga uchratdi.
Endi u final yoʻllanmasi uchun ozarbayjonlik Zelim Kotsoyev qarshi tatamiga chiqadi. Qayd etish kerakki, Zelim juda kuchli kurashchilardan hisoblanadi. U dzyudo boʻyicha Ozarbayjon terma jamoasi aʼzosi, 2024-yilgi jahon chempioni, 2023-yilgi Yevropa chempioni hisoblanadi.
Shuningdek, ozarbayjonlik sportchi 2022 va 2023-yillardagi jahon chempionati, 2018 , 2020 va 2021-yillardagi Yevropa chempionatlarining bronza medali sovrindori hamdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring