Murojaatlar oʻz yechimini topmoqda

16:25 24 Fevral 2024 Jamiyat
211 0

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.

Joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi, desak, mubolagʻa emas.

Birgina Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi N. Sidiqov tomonidan ham joylarda muntazam ravishda aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib kelinmoqda.

Jizzax viloyati Doʻstlik tumani Bunyodkor mahallasida yashovchi fuqaro Mamarasul Jalilov dehqon xoʻjaligining ijara shartnomasi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadida qilgan murojaati kadastr xodimlar tomonidan oʻrganilib chiqildi.

Natijada M.Jalilovga dehqon xoʻjaligiga ijara shartnomasi qilinib, davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bir soʻz bilan aytganda, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Shuningdek, Mirzachoʻl tumani, Bogʻbon QFY hududida yashovchi fuqaro Odiljon Hakimovning 15-yildan buyon yashab kelayotgan uy-joyiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berilishida amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati ham mutasaddilar ishtirokida oʻrganilib, oʻzining ijobiy yechimini topdi.

Xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash — eng asosiy maqsad. Zero, uning roʻyobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashi, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?