Murojaat oʻrganildi, holat tasdiqlandi — Sudyalar oliy kengashi

10:56 01 Avgust 2023 Jamiyat
296 0

Bloger va advokat Bahodir Ahmedovning ijtimoiy tarmoq orqali qilgan chiqishidagi holat tasdigʻini topdi.

Darhaqiqat, oʻrganish jarayonida fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi A. Hamroyev raisligida mazmunan koʻrib chiqilgan fuqarolik nizosiga oid qabul qilingan hal qiluv qarori nusxasi qonunda  koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagani aniqlandi.

Murojaatdan soʻng (28-iyul kuni) hal qiluv qarori nusxalari taraflarga gibrid pochta orqali yuborilishi taʼminlandi.

Mavjud holat muhokama qilinib, tegishli chora qoʻllash masalasi Toshkent shahar sudlari sudyalari malaka hayʼati tomonidan koʻrib chiqilishi maʼlum qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер