Murodjon Yoʻldoshev mavsumdagi ilk oltin medalini qoʻlga kiritdi
Almada shahrida dzyudo boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Portugaliya Gran-Prisining ikkinchi kungi bahslari yakuniga yetdi.
Bir oz avval -73 kg. vazn toifasidagi final uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. Quvonarlisi, unda dzyudochimiz Murodjon Yoʻldoshev ispaniyalik Salvador Kases Rokani ippon bahosi bialn magʻlubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Bu Oʻzbekiston terma jamoasining 2022-yilning ilk musobaqasidagi birinchi medali boʻldi.
Qolaversa, Murodjon faoliyatida ilk bor IJF tasnifidagi musobaqada medal qoʻlga kiritdi. Yoʻldoshev Portugaliya Gran-Prisi oltin medali bilan birga qimmatli 700 reyting ochkosiga ham ega boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring