Muqobil energiya bilan ishlovchi koʻchma svetofor oʻrnatish ishlari davom etmoqda

11:24 11 Mart 2022 Jamiyat
1111 0

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

 

Namangan shahar Davlatobod tumani “Sport” koʻchasida joylashgan 56-umumtaʼlim maktabi oldiga muqobil energiya bilan ishlovchi koʻchma svetofor oʻrnatildi. 

Koʻchma svetofor maktabga oʻquvchilar keladigan vaqtlarida masʼul xodim belgilangan joyga oʻrnatadi va darslar tugagach, yana olib qoʻyadi. Bu esa piyodalar deyarli kam boʻlgan vaqtda ham yoʻllarda avtomobillar bilan bogʻliq tirbandlikni hosil qilmaydi.

Mazkur qurilma loyihasi Fargʻona politexnika instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va viloyatdagi “Oltiariq-innovatsiya” korxonasi mutaxassislari tomonidan tayyorlanmoqda. 

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 618 million soʻm ajratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?