Muqimiyni izlab...
Bugun Qoʻqon Davlat muzey qoʻriqxonasi filiali Muqimiy hujra muzeyi maʼnaviyat-maʼrifat xodimlari, adabiyotshunos olimlar, Muqimiy ixlosmandlari bilan gavjum boʻldi. “Muqimiyni izlab...” mavzusida oʻtgan davra suhbati uning hujra muzeyiga sayohat bilan boshlandi.
Hujra muzeyi filial mudiri X.Sulaymonov shoir hayoti va ijodi bilan tanishtirdi.
Respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi, Qoʻqon Davlat muzey qoʻriqxonasi, Qoʻqon adabiyot muzeyi shahar filiali, Muqimiy nomidagi QDPI va boshqa bir qator tashkilot vakillari Muqimiy hayoti va ijodi, hujra muzeyining tashkil etilishi, Qoʻqon adabiy muhitida shoirning tutgan oʻrni haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.
Davra suhbati davomida shoir qalamiga mansub gʻazallar oʻqildi, mushoira oʻtkazildi. Muqimiy hayoti va ijodini keng targʻib qilish, Muqimiy tavalludining 170-yillik yubiley tantanalarini nishonlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Zulfiya Hamidova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring