Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov Xalqaro musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilindi

14:51 09 Fevral 2024 Jamiyat
507 0

2024-yil 9-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtayotgan Musulmon donishmandlar kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengashga qabul qilinganlari eʼlon qilindi.

Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli kengash aʼzoligiga qabul qilish haqidagi qarorni oʻqib eshittirdi. Ahmad Toyyib janoblari oʻz soʻzida Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan koʻplab ulamolar orasidan faqatgina Oʻzbekiston muftiysi aʼzo qilinganiga alohida urgʻu qaratdi.

Yigʻilishda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi va taniqli ulamolari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari tarixiy voqea boʻlganini taʼkidlab, yurtimizdagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuksak eʼtirof etdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?