Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

18:31 30 Iyul 2025 Siyosat
236 0

Foto: Mudofaa vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, general mayor Shermatov Farhodjon Ortiqovich Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. U ushbu tayinlovga qadar Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

Prezidentning tegishli farmoyishi bilan polkovnik Tursunov Kadirjon Abdipattayevich Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan. U mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan tashqari:

  • polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar instituti boshligʻi lavozimiga;
  • polkovnik Abdulla Adxamovich Xamrayev Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti boshligʻi lavozimiga;
  • podpolkovnik Rahimov Baxtiyor Nematovich Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshligʻi lavozimiga;
  • tibbiy xizmat polkovnigi Rasulov Ulugʻbek Abdugafurovich Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?