Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlariga asosan:
Narbayev Alisher Tuxtayevich hamda Bazarbayev Zairdjan Gulimmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
Bunga qadar Alisher Narbayev Qurolli Kuchlar Bosh shtabi artilleriya boshqarmasi boshligʻi – artilleriya qoʻmondoni, Zairdjan Bazarbayev esa Mudofaa vazirligi Moddiy-texnik taʼminot bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Ziyabayev Farrux Nartojiyevich — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻining oʻrinbosari – Operativ bosh boshqarmasi boshligʻi;
Shermatov Farxodjon Ortiqovich — Qurolli Kuchlar Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni;
Xamrayev Abdulla Adxamovich — Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti boshligʻi lavozimlariga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring