Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining doimiy jangovar shayligi masalalari muhokama qilindi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Qurolli Kuchlar qurilishi, uni yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari, fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tashi va mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlashga oid boshqa masalalar yuzasidan Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, 2024 yilning o‘tgan davrida Mudofaa vazirligi tizimida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati to‘g‘risida mudofaa vazirining axboroti eshitildi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni tomonidan mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarini so‘zsiz va sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligida samarali ishlar olib borilgan. Natijada Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati yuqori darajaga ko‘tarilgan.
Milliy armiyamizning jangovar shayligi va tayyorgarligini oshirishda asosan zamonaviy qurolli to‘qnashuvlar tahlillari hamda rivojlangan xorijiy armiyalarning ijobiy tajribalari qo‘shinlarga tatbiq etilgan.
Natijada o‘tgan yilga nisbatan jangovar shaylik tadbirlari 1,5 barobarga ko‘payib, qo‘mondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligini oshirishga erishilgan.
Qo‘shinlarda operativ tayyorgarlik tadbirlari hamkorlikdagi kuch tuzilmalarini keng jalb qilgan holda tashkil etildi. AQSH, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston armiyalari bilan hamkorlikda o‘quvlar o‘tkazilgan.
O‘quvlarda asosiy e’tibor zamonaviy janglarda yangi qo‘llanilayotgan uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llashga, ularga qarshi kurashish va boshqaruv mahoratini oshirishga, strategik, operativ va operativ-taktik bo‘g‘inlarda bo‘linmalar tomonidan yangi taktik harakatlar o‘zlashtirilishiga qaratilgan.
Shuningdek, 2024 yilda jangovar mutaxassislik bo‘yicha Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmanistondan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar o‘qitilgan.
Mudofaa vazirligi “Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va ma’lumotlar bazasi” axborot tizimining “Chaqiruv” tizimosti dasturi barcha mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlariga tatbiq qilinib, elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.
Ichki ishlar vazirligining “Manzil”, Adliya vazirligi huzuridagi “Xorijga chiqish pasporti”, “Yoshlar balansi” hamda “Elektron hukumat” platformalari integratsiya qilinib, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga oid ma’lumotlar elektron bazasi yaratilgan.
Natijada mudofaa ishlari organlarining fuqarolarga harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish faol davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Ularga oid ma’lumotlarni taqdim qilish bilan bog‘liq masalalarda byurokratizm va boshqa to‘siqlarga barham berilgan.
Mudofaa vazirligi tizimida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2024 yilning 11 oyida Mudofaa vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan 3 241 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1 342 tasi ijobiy hal etilgan, 1 526 ta murojaatga huquqiy maslahat berilgan va 115 tasi o‘rganib chiqilmoqda.
Mudofaa vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda 560 dan ziyod jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan va ularga tegishli amaliy yordam ko‘rsatilgan.
O‘z navbatida, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining muhokama qilingan masalalar yuzasidan aniq takliflari aks etgan qarori qabul qilindi.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash, rahbarlarning bu boradagi shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish zarurligi qayd etilgan.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring