Mudofaa sohasidagi xorijiy atamalarning oʻzbekcha muqobillari taklif etildi

16:00 07 Yanvar 2026 Jamiyat
328 0

Illyustrativ foto

Mudofaa sohasidagi 41 ta xorijiy atamaning oʻzbekcha muqobillari taklif etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, xorijiy atamalarni oʻzbekcha muqobillariga almashtirish boʻyicha tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari yuborgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan koʻrib chiqilgan.

Akselbant — Zarhal bogʻ(ich);

Ambrazura — Shinak;

Ataka — Hamla;

Baraban(chi) — Nogʻora(chi);

Blindaj — Panajoy;

Blokada — Qamal;

Blokpost — Toʻsiqpost;

Bronejilet — Zirhnimcha;

Veshmeshok — Yukxalta;

Gaupvaxta — Tutuqxona;

Gorn(chi) — Burgʻu(chi);

Diversant — Qoʻporuvchi;

Diversiya — Qoʻporuvchilik;

Dozor — Erovul;

DOT — UMMON, MJON;

Dubinka — Tayoq;

Zapal — Chaqnatkich;

Kaska — Dubulgʻa;

Kokarda — Jigʻa;

Kotelok — Qozoncha;

Kursant — Kursant, tinglovchi;

Lager — Jamloq;

Marsh — Yurish;

Mishen — Nishon;

Okop — Xandaq;

Payok — Payok;

Planshet — Yonchiq;

Poligon — Dala oʻquv maydoni;

Protivogaz — Gazniqob;

Rejim — Tartibot;

Stvol — Oʻqquvar;

Transheya — Xandaq yoʻlagi;

Trevoga — Bong;

Trenchik — Zanjirbogʻ;

Tribunal — Harbiy mahkama;

Fortifikatsiya — Istehkom;

Furajka — Boʻrk;

Shevron — Uqa;

Emblema — Tanuq.

Taʼkidlanishicha, hozircha ular shunchaki taklif maqomida boʻlib, mutaxassislar hamda keng jamoatchilikdan fikr olish uchun eʼlon qilingan. Atamalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz hamda oʻz takliflaringizni yozib qoldirishingiz mumkin!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?