“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” Toshkent–Shovot yoʻlovchi poyezdining sovitish tizimi ishlamayotganiga izoh berdi

Joriy yilning 8-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda №58-sonli Toshkent–Shovot yoʻlovchi poyezdining 19-vagonida sovitish tizimi ishlamayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur safarda qatnashgan yoʻlovchilardan biri vagonda harorat yuqoriligi boʻyicha shikoyat qilgan. Shundan soʻng vagon kuzatuvchisi Jabarov B. tomonidan fortochkalar ochib berilgan. Ammo 9-platskartadagi fortochkaning tashqi tomondan germetik qilinganligi sababli uni ochish imkoni boʻlmagan.
Bu esa chang va qum kirishining oldini olish maqsadida qilingan chora ekani taʼkidlandi. Haroratni pasaytirish va yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida poyezd Guliston bekatiga yetguniga qadar elektromexanik Xasanov Sh., poyezd boshligʻi Kamolov A. hamda kuzatuvchi Jabarov B. tomonidan muammo bartaraf etilgan.
Qoʻshimcha maʼlumot sifatida qayd etilishicha, poyezd vagonlari texnik koʻrikdan oʻtkazilayotganda ochiq, quyoshli joyda turganligi sababli kuzov qismi qizib ketgan. Uning sovishiga esa muayyan vaqt talab etiladi. Olib borilgan xizmat tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, ushbu 19-vagon №073-26515 raqamli boʻlib, soʻnggi rejali DR taʼmiridan 2025-yil 9-fevral kuni “TVSRZ” AJda chiqarilgan. Shuningdek, 8-may kuni VCHD-2 filialining xodimlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilib, kamchiliklarsiz yoʻnalishga yuborilgan.
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati yoʻlovchilarning murojaatlariga jiddiy yondashilishini, barcha shikoyatlar oʻrganilib, zaruriy choralar koʻrilishini bildirgan.
Aksiyadorlik jamiyatining imlo xatolariga toʻla bayonotidan tushunilmaydigan jihati shundaki, poyezdda nega sovitish tizimi ishlamayotganiga izoh bermagan. Har yili yoz oylarida uzoq masofalarga qatnovchi poyezdlarning sovitish tizimining yaxshi ishlamasligi bilan bogʻliq muammolar paydo boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring