Mourinyo Venger haqida: “U hech qachon meni magʻlub eta olmagan”
“Arsenal”ning sobiq bosh murabbiy Arsen Venger yaxshigina ijodkor ham hisoblanadi. Uning qalamiga mansub My Life in Red & White nomli autobiografik kitob shundan dalolat beradi.
Eʼtiborlisi, Fransiyalik mutaxassis ushbu asarida oʻzi koʻp bor dahanaki jang qilgan prinsipial raqibi Joze Mourinyo bilan yashil maydondagi toʻqnashuvlari haqida tugul uning nomini ham tilga olmagan ekan.
Portugaliyalik mashhur mutaxassis ushbu holatga oʻz repertuariga xiyonat qilmagan holda quyidagicha munosabat bildiribdi: "Sababi u hech qachon meni magʻlub eta olmagan. 12 yoki 14 magʻlubiyat haqida kitobingizda maxsus sahifa ajrata olmaysiz. Keyin nega u men haqimda gapirishi kerak?
Kitob shunday narsaki, u sizni xursand qilishi va magʻrurlantirishi lozim. Men bu holatni toʻliq tushunaman".
Maʼlumot uchun, ikki mutaxassis oʻzaro 19 bor toʻqnash kelishgan. Ulardan 10 oʻyinda portugaliyalik gʻalaba qozongan boʻlsa, 2 bahsda Fransiyalik zafar quchgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring