Motokross boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqa sovrindori boʻldi
Foto: “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati
Joriy yilning 10-11-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Krasnodar oʻlkasidagi Qora dengiz sohilida joylashgan mototrassada 15 ta davlat sportchilari oʻrtasida motokross boʻyicha "Winline Hamdoʻstlik Kubogi – 2023" xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati xabariga koʻra, musobaqada Rossiya, Armaniston, Belorus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moʻgʻuliston, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Italiyaning eng yaxshi motokrosschilari 65 kub.sm, 85 kub.sm, 125 kub.sm (ayollar, yoshlar), "MX1“, ”MX2" va "MX Open" sinflarida oʻzaro bellashdilar.
Aytish mumkinki, ushbu nufuzli bellashuvni ikki kun davomida butun dunyo boʻylab ekstremal sport muxlislari katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdilar.
Quvonarlisi, xalqaro musobaqasida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan iborat Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Emran Ablyazov 125 kub.sm ("MX2"), Jasur Samatov 250 kub.sm ("MX1") va Konstantin Sichyov "MX Open" sinflarida qatnashib, umumjamoa hisobida faxrli uchinchi oʻrinni egalladilar.
Birinchi oʻrin Rossiya, ikkinchi oʻrin esa Qozogʻiston terma jamoalariga nasib etdi. Gʻoliblar va sovrindorlar tashkilotchilarning belgilangan pul mukofotlari, medallari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring