Moskvada rus generali halok boʻldi
Moskvada avtomobil portlashi oqibatida rus generali halok boʻldi.
Bosh shtabning operativ tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi general Fanil Sarvarov mashinasining portlashi oqibatida halok boʻldi. Rossiya Federatsiyasi tergov qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, mashina ostiga portlovchi moslama oʻrnatilgan. Taxminiy maʼlumotlarda Sarvarov bir necha metr mashinasini haydab, tormozni bosganida portlagani aytiladi.

Holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi tergov qoʻmitasi jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Shuningdek, Ukraina maxsus xizmatlarining ishtiroki haqidagi versiya tekshirilmoqda.
Marhum General Sarvarov 9-yil davomida bosh shtabning tezkor tayyorgarlik direksiyasining rahbari boʻlib kelgan. Rossiya davlat matbuotiga koʻra, u oldin Checheniston va Suriyadagi harbiy operatsiyalarda qatnashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring