Moskvada politsiya avtomobili portlatildi. Qurbonlar bor
Moskvadagi portlashda ikki politsiya xodimi halok boʻldi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 23-dekabr kuni tunda portlovchi moddalar olib yurgan nomaʼlum shaxs Yeletskaya koʻchasida turgan yoʻl politsiyasi patrul mashinasiga yaqinlashib, portlovchi moddalarni mashina ichiga tashlab, portlatib yuborgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mazkur portlash oqibatida uch kishi halok boʻlgan. Ulardan ikki nafari yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari boʻlgan. Portlash oqibatida qurbon boʻlgan uchinchi shaxs haqida maʼlumotlar yoʻq.
Hozirda tergov qoʻmitasi tomonidan politsiya xodimlarining oʻldirilishi va portlovchi qurilmalarni noqonuniy sotib olish boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 22-dekabr kuni bosh shtabning operativ tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi, general Fanil Sarvarov ham mashinasining portlashi oqibatida halok boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring