Moskva sudi Google'ni jarimaga tortdi

17:37 25 Fevral 2026 Dunyo
989 0

Illyustrativ foto

Moskvaning Taganskiy sudi Google kompaniyasini taqiqlangan maʼlumotlarni oʻchirmagani uchun jami 22 million 800 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Sud qaroriga koʻra, kompaniya Rossiya Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksining 13.41-moddasi asosida 6 ta epizod boʻyicha aybdor deb topilgan. Sudya epizodlardan biri yuzasidan Google'ni 13.41-moddaning 2-qismiga muvofiq aybdor deb topib, 3 million 800 ming rubl miqdorida maʼmuriy jarima tayinlanganini eʼlon qilgan.

Maʼlum qilinishicha, bayonnomalar Google qidiruv xizmati va Google Play ilovasidagi taqiqlangan maʼlumotlar, jumladan VPN-servislar haqidagi materiallarni oʻchirmaganlik uchun rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер