MOQ rahbariyati yengil atletika boʻyicha xalqaro turnirni kuzatdi
Ayni kunlarda poytaxtimizda yengil atletika boʻyicha xalqaro xotira turniri boʻlib oʻtmoqda. Bugun MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining musobaqadagi chiqishini kuzatish barobarida Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik rejasining yakuniy bosqichi bilan tanishdi.
Beshinchi bor oʻtkazilayotgan G.Arzumanov xotira turnirining bu yilgi bahslarda Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Bahrayn kabi mamlakatlardan 300 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda.
Musobaqada Svetlana Radzivil, Safina Sadullayeva, Sharifa Davronova, Yekaterina Voronina, Anvar Anvarov, Suhrob Xodjayev kabi terma jamoa yetakchilari ishtirok etishyapti. Sh.Tashmatov stadionda murabbiylar shtabi va atletlar bilan alohida gaplashib, terma jamoaning Osiyo oʻyinlariga olib borayotgan tayyorgarligi, ularning holati haqida batafsil suhbatlashdi.
Oʻz navbatida, mamlakat yengil atletika federatsiyasi raisi oʻrinbosari Andrey Abduvaliyev sportchilarning qay tartibda Xitoyga yoʻl olishi, qachon Atletlar shaharchasiga kirib joylashishi va tayyorgarlik bilan bogʻlik boshqa rejalar xususida maʼlumot berdi. Mutasaddilar musobaqaning bir qator dasturida taqdirlash marosimida ham ishtirok etishdi.
Maʼlumot uchun, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida yengil atletika bahslari 29-sentyabr – 5-oktyabr kunlari oʻtkaziladi. Rejaga koʻra, unda terma jamoamizning 29 nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring