Monopoliyaga qarshi kurashish boʻyicha muhim masalalar muhokama qilindi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Bugun Samarqanddagi Xalqaro turizm markazida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ga aʼzo davlatlarning monopoliyaga qarshi qonunchilik talablari buzilishi holatlarini birgalikda bartaraf etish boʻyicha shtabining 43-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilish kun tartibidagi muhim mavzular raqobatga qarshi kelishuvlarning oldini olish, narxlarni tartibga solish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Anjumanda Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston delegatsiyalari qatnashdi. Ishtirokchilar MDH mamlakatlari monopoliyaga qarshi qonunchiligining hozirgi holatini tahlil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Xalilullo Toʻraxoʻjayev shtab doirasidagi hamkorlikning ahamiyatini alohida qayd etib, MDHga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi samarali hamkorlik globallashuv tahdidlariga tezkor javob berish imkonini berishi va davlatlar oʻrtasidagi ishonch mustahkamlanishini taʼkidladi.
Yigʻilish ishtirokchilari MDH mamlakatlarida raqobat qonunchiligi buzilishlarining oldini olish boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni, shu jumladan, raqobat sohasidagi qoidabuzarliklardan jabrlanganlarning fuqarolik huquqini himoya qilish va narxlarni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy jihatlarni muhokama qildi. Shuningdek, tadbirda marketpleys platformalarining shaffofligini oshirish va antimonopol komplayens tizimlarini joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.

Har bir davlat delegatsiyasi ushbu choralarning qoʻllanilishi boʻyicha oʻzaro tajriba almashdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi kontrafakt mahsulotlarni sotishga javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi va bu ishtirokchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Yigʻilish doirasidagi tashabbuslar MDH davlatlarida raqobat muhitini rivojlantirishga qaratilgan kelajakdagi qarorlar uchun asos boʻladi.
Ertaga, 29-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning monopoliyaga qarshi siyosat boʻyicha davlatlararo kengashining 57-majlisi boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring