“Moʻynoqqa madad” velomarafoni ishtirokchilari Buxoroga kuzatib qoʻyildi.
Andijon shahridan start olgan “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni ishtirokchilari bugun Navoiy shahridagi Farhod madaniyat saroyi oldi maydonidan oʻz harakatlarini davom ettirishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan mazkur marafondan maqsad, ekologik va iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini yumshatish, Orolboʻyi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, keng jamoatchilik eʼtiborini ekologik muammolar yechimiga qaratish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat.
Marafon ishtirokchilarini kuzatish tantanasida Navoiy viloyati hokimligi, tashkilot va muassasa rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Xayriya velomarafonni ishtirokchilariga 100 million soʻmlik sertifikat topshirildi.
Velomarafon ishtirokchilari shuningdek, viloyatning Karmana va Qiziltepa tumanlarida ham bir muddat toʻxtab nafas rostladilar. Ular hududlarning keng jamoatchiligi tomonidan tantanali kutib olindi. Ayniqsa, Qiziltepa tumani markazida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mehmonlar tuman markazidagi Madaniyat va istirohat bogʻida madaniy hordiq chiqarishdi. Shu kuni ular Buxoro viloyatiga kuzatib qoʻyildi.
Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring