Moʻynoqdagi yana bir quduqdan katta bosimdagi gaz topildi
Videodan kadr
Moʻynoq hududidagi yana bir yangi izlov qudugʻida katta bosimda tabiiy gaz oqimi aniqlandi, deb xabar bermoqda “Oʻzbekneftgaz”.
Maʼlum qilinishicha, Ustyurt mintaqasidagi “Moʻynoq” koni yaqinida joylashgan Shagirlik-quyi yura 2-sonli izlov qudugʻida sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi aniqlangan. Ushbu maydon Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tasarrufidagi “Oʻzbekgeofizika” AJ va “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM tomonidan 3D seysmik qidiruv ishlari maʼlumotlari asosida chuqur izlov burgʻilashga tayyorlangan.
Joriy yilning 10-yanvar sanasida quduq tubi quyi yura qatlamlarida 5265 metr chuqurlikkacha burgʻilanib, 5265-5061 metr chuqurlik oraligʻida tabiiy gaz uyumlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur quduq Jamiyat va uning tarkibida faoliyat olib borayotgan Loyiha boshqaruv ofisining malakali mutaxassislari tomonidan burgʻilangan. Loyiha boshqaruv ofisida Prezident topshirigʻiga koʻra, xorijdagi zamonaviy kompaniyalarda aynan neft va gaz sohasida ishlab, yurtimizga olib kelingan malakali oʻzbek mutaxassislaridan iborat guruh hisoblanadi.
“Quyi yura qatlamlarining geologik tuzilishini oʻrganish hamda aniqlangan gaz uyumlarining tarqalish chegarasini aniqlash maqsadida ushbu maydonda navbatdagi 3 va 4 sonli izlov-qidiruv quduqlarini burgʻilash rejalashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring