Moʻynoq tumani hokimi yoshlar bilan uchrashdi

11:02 27 Fevral 2026 Jamiyat
216 0

Prezidentimiz joriy yilning 24-fevral kuni “Koʻksaroy” qarorgohida yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” boʻlishi belgilangan edi.

Bugun Moʻynoq tumani hokimi B.Menglibekov, tuman prokurori M.Orazbayev va tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi J.Yusupovlar “Tik ozek” mahallasi yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda yoshlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Joriy yildan “Kelajak tadbirkorlari” dasturi ishga tushirilib, yosh tadbirkorlarga 7-yil muddatgacha 15 foizlik kredit ajratish yoʻlga qoʻyiladi. Xususan, oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 million soʻmgacha, tadbirkorlik koʻnikmasiga ega boʻlib biznes boshlayotganlarga 300 million soʻmgacha, faoliyatini kengaytirmoqchi boʻlganlarga 2 milliard soʻmgacha, kamida 5 nafar bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard soʻmgacha kredit berilishi belgilandi.

Har bir hududda tadbirkorlikka oʻqitish, gʻoyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish boʻyicha kompleks xizmat koʻrsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori” tashkil etiladi.

Joriy yil 1-martdan yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish bilan bogʻliq davlat xizmatlari xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi.

Uchrashuv davomida yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Har bir yigit-qizni qoʻllab-quvvatlash, ularning gʻoya va loyihalarini roʻyobga chiqarish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha kelishib olindi.

Gʻayrat OTAJONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер