“Mobiuz” kompaniyasi xalqaro sotuvga qoʻyildi
Illyustrativ foto
“Universal Mobile Systems” (Mobiuz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha xalqaro ochiq savdo jarayoni boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maʼlum qildi.
Jarayonga “Rothschild & Co” xalqaro investitsiya banki bitim boʻyicha yetakchi strategik va moliyaviy konsultant, KPMG kompaniyasi moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza, “Deloitte” kompaniyasi esa mustaqil baholovchi sifatida jalb etilgan.
Savdo jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi. Bu sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish, majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni qabul qilish va majburiyatga ega boʻlgan takliflarni qabul qilishdan iborat.
Birinchi bosqichda talabgorlar ariza bilan birga, oʻzlari haqida maʼlumot (roʻyxatdan oʻtganligi, faoliyat turi), ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushga ega aksiyadorlar va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumot hamda soʻnggi 3-yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishi kerak.
Arizalar moliyaviy resurslarning yetarliligi, xususiylashtirishda ishtirokini taqiqlovchi maʼmuriy yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid Oʻzbekiston qonunchiligiga rioya etilishi asosida saralanadi.
Bundan tashqari, talabgorlar va ularning aksiyadorlari davlat kompaniyasi boʻlmasligi, Yevropa Ittifoqi, AQSH hamda xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan, sanksiyalarga qarshi faoliyatga jalb qilinmagan boʻlishi kerak.
Arizalar qabuli 2025-yil 1-avgust soat 18:00 gacha davom etadi.
Maʼlumot uchun, “Mobiuz”ning 2024-yil yakuniga koʻra sof tushumi 2 086 milliard soʻmni, abonentlari soni esa 7,8 million nafarni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring