Miyangizning yaxshi ishlashini istasangiz, kartoshka isteʼmol qilishingiz kerak – tadqiqot
Foto: HumanBold
Olimlar hujayralardagi B6 vitamini miya faoliyatini yaxshilashini aniqladilar. Vyursburg universiteti tadqiqotchilari “7,8-Dihydroxyflavone” deb nomlangan moddadan foydalanish hujayralardagi B6 vitaminining parchalanishini toʻxtatib qoʻyishi mumkinligini isbotladi. Ushbu yangi yondashuv ruhiy va neyrodegenerativ kasalliklar uchun potensial yechim boʻlishi mumkin.
B6 vitamini miya metabolizmi uchun zarur va uni yetarli miqdorda qabul qilib yurish xotira muammolari, depressiya kabi kasalliklarga ham davodir. Qoʻshimchalar orqali B6 vitaminini isteʼmol qilish yetarli miqdorni bera olmaydi. Yangi usul samaraliroq boʻlishi uchun B6 vitaminini parchalaydigan fermentlarni ham qoʻshib isteʼmol qilish kerak.
Jamoa oʻz xulosalarini “eLife” ilmiy jurnalida eʼlon qildi. Ular sichqonlarda “pyridoxal phosphatase” fermentini blokirovka qilish ularning oʻrganish va xotirasini yaxshilashini koʻrsatdi. Tabiiy moddasi “7,8-Dihydroxyflavone” bu fermentning inhibitori (kimyoviy taʼsirni sekinlashtiradigan yoki aralashtiruvchi vosita — tahrir) sifatida koʻrilmoqda.
Ushbu kashfiyot miya kasalliklarini davolashda dori terapiyasi uchun yangi imkoniyatlar ochadi. “7,8-Dihydroxyflavone” moddasi boshqa tadqiqotlarda oʻrganish va xotirani yaxshilashi allaqachon maʼlum boʻlgan.
Tadqiqotchilar hozirda fermentning yanada samarali ingibitorlarini yaratish ustida ishlamoqda. Muvaffaqiyatli boʻlsa, ushbu inhibitorlar B6 vitamini darajasini oshirish ruhiy va neyrodegenerativ kasalliklarni davolashda yordam berishi mumkinligini tekshirish uchun ishlatilishi mumkin.
Banan, avokado va mango bu muhim ozuqaning ajoyib manbalaridir. Shuningdek, sabzavotlar orasida kartoshka, ismaloq va brokkoli B6 vitaminiga boy hisoblanadi.
Avvalroq, miya saratonini davolashda qilingan olamshumul kashfiyot haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring