Misr koronavirusga qarshi kurashish uchun Afrikaning 30 ta davlatiga gumanitar yordam yubordi

22:47 07 Sentyabr 2020 Dunyo
855 0

Misr prezidenti Abdul Fattoh Al-Sisi Afrikaning 30 davlatiga koronavirus bilan kurashda foydalanish uchun 4 million AQSH dollari qiymatidagi gumanitar yordam yuborishni buyurdi. Bu haqda Misr Vazirlar Mahkamasi xabar bergan.

Bu Misrning Afrikada COVID-19 ga qarshi kurashish uchun tuzilgan fondga berayotgan moddiy koʻmaklaridan biri hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasidagilarning aytishicha, ushbu yordamning birinchi qismi allaqachon 10 ta davlatga joʻnatilib boʻlindi. Ayni paytda qolgan 20 ta mamlakatga tibbiy yordamni yetkazib berish ishlari oxiriga yetkazilmoqda.

Misr Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Soha Gendi yordamni qabul qilib olayotgan bir necha mamlakatlarning elchilarini Qohira xalqaro aeroportida kutib olgan. Ushbu yordam rejasiga koʻra, har bir davlatga 1.5 tonna miqdoridagi tibbiy jihozlar yetkazib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?