Misr hukumati tomonidan taqdim etilgan “C” va “V” gepatitlariga qarshi dori vositalarining navbatdagi turkumi Oʻzbekistonga yetib keldi
Mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi tomonidan maʼlum qilinishicha, Misr sogʻliqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasi oʻlaroq, ushbu mamlakat hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan “C” va “V” gepatitiga qarshi dori vositalarining joriy yildagi navbatdagi turkumi mamlakatimizga yuborishga kelishildi.
Unga koʻra, Misr tomoni 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar boʻlgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) “C” gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” hamda “V” gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarini insonparvarlik koʻmagi sifatida Oʻzbekistonga taqdim etadi.
Kuni kecha “Uzbekistan Airways“ aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan insonparvarlik koʻmagi sifatida ajratilgan ”C“ gepatitiga qarshi ”Sofosbuvir-400mg“ dori vositasining 2024-yildagi uchinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi. Jami 12 dona qutida 6720 ta “Sofosbuvir-400mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Misr hukumati mamlakatimizga 2023-yil davomida “S” va “V” gepatitlariga qarshi umumiy qiymati 696 ming AQSH dollarga teng boʻlgan dori vositalarini taqdim etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring