Mirziyoyevga “Siz kelganingizdan biz «dux” oldik», — degan navoiylik tadbirkorga Prezident vaʼda qilgan avtomashina topshirildi

02:13 29 Avgust 2021 Siyosat
2216 0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida tadbirkor Mirey Amanbayeva bilan suhbatlashgan va davlat rahbari tadbirkorga sovgʻa vaʼda qilgan edi. 

Viloyat hokimligining xabar berishicha, kecha, 28-avgust kuni Merey Amanbayevaga Prezident tomonidan vaʼda qilingan avtomashina topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, davlat rahbari bilan uchrashuvda navoiylik tadbirkor Mirey Amanbayeva Prezidentga «Siz kelganingizdan biz «dux» oldik», degan edi.

Shundan soʻng Shavkat Mirziyoyev ham yosh tadbirkorga hazilomuz javob qaytargan.

«Dux» olamiz deyavering. Menga yoqadi «dux» oldik degan», degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?