Mirzachoʻlda innovatsion qishloq xoʻjaligi maktabi tashkil qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Mirzachoʻl” klasteri choʻl sharoitida bu yil paxtadan gektariga 50-55 sentnerdan hosil oldi, unga biriktirilgan 27 nafar fermer esa hosildorlikni 85 sentnergacha olib chiqdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari bilan oʻtkazgan muloqotida soʻz bordi.
Ushbu tajribani ommalashtirish uchun Mirzachoʻlda innovatsion qishloq xoʻjaligi maktabi tashkil qilinmoqda. Butun respublikadagi 1 ming nafar fermer ushbu maktabda choʻl sharoitida paxta yetishtirish boʻyicha oʻqitiladi. Mazkur maktabda oʻqib, sertifikat olgan fermerlarga reytingda qoʻshimcha 10 ball beriladi.
Shu bilan birga, ilgʻor fermerlarni ustoz sifatida kam hosil olayotgan fermerlarga biriktirib, har ikki tomonga ham manfaatli boʻladigan tizim qilinadi. Ustoz fermerlar oʻz tajribasini shogird fermerga oʻrgatib, hosilni 50 sentnerdan oshirishga koʻmaklashsa, 5 million soʻm mukofot oladi.
Yaxshi agronom – yuqori hosil kafolati. Shu bois, Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual taʼlim asosida ilgʻor klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot oʻtaydi.
Agronomlik sirlarini oʻrgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million soʻmdan pul, talabaga esa 1,5 million soʻm stipendiya toʻlanadi. Yetarli tajriba va koʻnikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi.
Ular fermerlar faoliyatiga yangiliklarni olib kirib, sifatli urugʻ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga koʻmaklashadi.
Bu ishlarni sifatli tashkil qilishi uchun ushbu yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik toʻlanadi. Ana shunda agronomlik yoshlar oʻrtasida eng jozibador kasblardan biriga aylanishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring