Mirishkor oila issiqxonadan yiliga 400 million soʻm daromad olmoqda

14:40 14 Fevral 2025 Jamiyat
254 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona tumanining “Guzar” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Gʻanijon Mamatqulov tomorqasidagi 20 sotix yerda intensiv texnologiyalar yordamida issiqxona tashkil qilgan. Shu tariqa “Agro olam Asadbek” oilaviy korxonasi taʼsis etilib, koʻchatchilik, bodring-pomidor va achchiq qalampir yetishtirish orqali yiliga oʻrtacha 400 million soʻm daromad olinmoqda.

Ayni kunlarda issiqxonada achchiq qalampir yetilib, xaridorlar tayyor mahsulotni xonadonning oʻzidan ulgurji narxda olib ketishayotir. Hozir ichki bozorda bir dona achchiq qalampir 1,5-2 ming soʻmdan sotiladi.

— Issiqxonada muqobil isitish tizimi hamda tomchilatib sugʻorish texnologiyasi yordamida yiliga oʻrtacha uch marotaba hosil olamiz, — deydi oilaviy korxona rahbari Gʻ. Mamatqulov. — Asosan tabiiy iqlim sharoitiga mos mahalliy navlar ekiladi. Agrotexnik tadbirlar jarayonida koʻmaklashishi uchun 10 nafarga yaqin mahalladoshimizni doimiy hamda mavsumiy ishlarga jalb etamiz.

Aytish joiz, mahalladagi 553 ta xonadonda 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida birgina ushbu koʻchadagi 50 ga yaqin xonadonda achchiq qalampir yetishtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер