Mirazizbek Mirzahalilovdan Xumorabonu Mamajonovagacha: Oʻzbekiston bokschilari Jahon kubogining ikkinchi bosqichida qanday tarkibda ishtirok etadi?
10-maydan 17-mayga qadar Polshaning Varshava shahrida Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi. Musobaqa “World Boxing” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi va unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimiz musobaqada kuchli tarkib bilan qatnashadi.
Ushbu xalqaro boks turniri jahon miqyosidagi eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi. Unda dunyoning yetakchi bokschilari oʻzaro bahs olib boradi. Oʻzbekistonlik bokschilar mazkur musobaqada yuqori natijalarni koʻzlab yoʻlga chiqishdi.
Erkaklar oʻrtasida quyidagi sportchilar ringga koʻtariladi: 55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzahalilov, 60 kgda Samandar Olimov, 65 kgda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev, 70 kgda Gʻofur Tohirov, 75 kgda Fazliddin Erkinboyev, 80 kgda Javohir Ummataliyev, 85 kgda Akmaljon Isroilov va +92 kgda Jahongir Zokirov.
Ayollar orasida esa 57 kg vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
Bokschilarimizning ushbu bosqichdagi ishtiroki milliy terma jamoamizning xalqaro maydondagi salohiyati va tayyorgarlik darajasini yana bir bor sinovdan oʻtkazadi. Terma jamoamizga musobaqada omad tilaymiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring