Minsk shahrida Oʻzbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumi boʻlib oʻtdi
Xabar berib borayotganimizdek, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Belarus Respublikasida boʻlib turibdi. 6-sentabr kuni tashrif doirasida Minsk shahrida Oʻzbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda mamlakatimiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlari, xususan, sanoat va qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, madaniy-gumanitar, shuningdek, turizm va transport kabi sohalarning vakillari boʻlgan biznes doiralar va ishbilarmon ayollar ishtirok etdi.

Forum doirasida tashkil etilgan “Tadbirkorlikdagi ayollar – Belarus va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish salohiyati” mavzusidagi yalpi majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi kirish soʻzi bilan ochib berdilar.
Yengil sanoat sohasida hamkorlikni kengaytirish, ilgʻor texnologiyalar almashish, mato, kiyim-kechak, poyabzal, moʻyna va charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda IT sohasida aloqalarni rivojlantirish, tadbirkorlik, ayniqsa ayollar uchun raqamli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqish, xotin-qizlarni raqamli iqtisodiyotga jalb etish, ayollarning bu boradagi savodxonligi va malakasini oshirish boʻyicha tajriba almashish ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun birdek manfaat keltirishi taʼkidlandi.

Shuningdek, yalpi majlisda tibbiyot sohasida hamkorlikni mustahkamlash, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, tibbiy klasterlar yaratish, oziq-ovqat sanoati, avtomobilsozlik uchun kimyo mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, turizm yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikrlar bildirildi.
Forum soʻnggida yakuniy hujjat (deklaratsiya) qabul qilindi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiya, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, taʼlim, gumanitar, turizm va oʻzaro manfaatli boshqa sohalardagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari aks etdi.

Ikki mamlakat tadbirkor ayollari oʻrtasida “B2B” formatida oʻtkazilgan uchrashuvlar natijasida 92 mln dollardan ortiq miqdorda 42 ta shartnoma va 17 ta memorandumlar imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring