Milliy sifat infratuzilmasining huquqiy asosi takomillashtiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda modmama-modda atroflicha koʻrib chiqishmoqda.
Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasini ishlab chiqishdan maqsad — milliy sifat infratuzilmasining huquqiy asosini takomillashtirish, mahsulotlar xavfsizligini xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish, savdo-sotiqdagi toʻsiqlarni bartaraf etish, ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va import qiluvchilarning javobgarlik darajasini oshirish, mahalliy mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish hamda mahsulot xavfsizligi boʻyicha isteʼmolchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida masʼul qoʻmita aʼzolari deputatlar bergan takliflar asosida takomillashtirdi. Xususan, havolaki normalar chiqarilib, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan moddalar kiritildi. Mazkur qonun loyihasida belgilanayotgan normalar mahsulot xavfsizligini taʼminlash masalalarida isteʼmolchilar va davlatning manfaatlarini himoya qilishga, tashqi bozorda raqobatbardoshlikni taʼminlashga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring