Milliy armiyamiz – gʻurur va iftixorimiz!
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda boshqarmaga biriktirilgan 18-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari, bojxona xodimlari, tizim faxriylari hamda Bojxona instituti kursantlari ishtirok etdi.

Tadbirda uch avlod uchrashuvi tashkil etilib, faxriylar Yangi Oʻzbekiston bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmat sharoitlari va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritdilar. Oʻquvchilarga Bojxona institutida taʼlim olish shartlari, kursantlikka qabul tartibi boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, xizmat qurol-aslahalari namoyish qilinib, oʻquvchilar ular haqida amaliy va nazariy bilimlarga ega boʻldilar. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

— Tadbir juda qiziqarli oʻtdi— deydi 18-sonli maktab oʻquvchisi Dilshod Norboyev. — Bojxona sohasi haqida koʻp yangiliklarni bildim. Kelajakda Vatanga shu soha orqali xizmat qilish istagim paydo boʻldi.

Tadbir doirasida kitob yarmarkasi ham tashkil etildi. Shubhasiz, bu tashabbus yoshlarda kitobga boʻlgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring