Migratsiya agentligi direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

15:33 10 Fevral 2026 Jamiyat
836 0

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Toshtemirov Elyor Dilshodovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Elyor Toshtemirov 1985-yilda Fargʻona viloyatida tavallud topgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro iqtisodiy munosabatlar yoʻnalishini tamomlagan.

U mazkur tayinlovga qadar Migratsiya agentligi Tashkiliy va ijro intizomi nazorati, strategik rejalashtirish va KPI bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Toshtemirov migratsiya sohasida 17-yillik tajribaga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер