“Microsoft” 1-avgust kuni barcha foydalanuvchilarning parollarini oʻchirib tashlaydi
Illyustrativ foto
“Microsoft” korporatsiyasi 1-avgust kuni “Authenticator” xizmatida parollarni qoʻllab-quvvatlashni oʻchirib qoʻyishini eslatdi. Bu haqda “CNET” nashri maʼlum qildi.
Shu yilning may oyida kompaniya “Microsoft” foydalanuvchilari xususiy “Authenticator” ilovasida saqlashi mumkin boʻlgan klassik parollardan voz kechishini eʼlon qilgandi. Joriy yilning 1-avgustidan boshlab isteʼmolchilar harflar, belgilar va raqamlardan iborat kirish kalitlariga majburan oʻtkaziladi. Shuningdek, ularga parollar oʻrniga PIN-kodlar, grafik kalitlar yoki biometrik login – barmoq izi yoki yuzni skanerlash orqali taqdim etiladi.
1-avgustdan boshlab saqlangan foydalanuvchi parollari oʻchiriladi va ularning barchasidan oʻz akkauntiga kirishning yangi usulini oʻrnatish soʻraladi. Iyun oyida “Microsoft” “Authenticator” ilovasiga yangi parollar qoʻshishni taqiqlagan edi. Biroq onlayn hisoblarga kirish uchun parollar hozircha “Edge” brauzerida qoladi.
“CNET” jurnalistlarining fikricha, xavfsizlik kalitlari parollarga nisbatan samaraliroq muqobildir. Amerikaliklar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, katta yoshli internet foydalanuvchilarining 49 foizi taxmin qilish oson boʻlgan parollardan foydalanadi. Bundan tashqari, bir xil parol koʻpincha turli hisoblarga kirish uchun ishlatiladi.
Iyul oyi oxirida “Microsoft” “Windows 11 24H2” bilan bogʻliq muammolarni tan oldi. Avvalroq, kompaniya “24H2”ni “Windows”ning eng ishonchli versiyasi deb atagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring