MIB sud qarorini bajarmasa, dardimni kimga aytay? — qashqadaryolik tadbirkor
MIB sud qarorini bajarmasa, dardimni kimga aytay? — qashqadaryolik tadbirkor
“Xalq soʻzi” gazetasi rasmiy veb-saytida shu yil 23-sentyabr kuni “MIB xodimining harakati tufayli qashqadaryolik tadbirkor 1 yilu 7 oydan buyon oʻz mablagʻini erkin tasarruf qila olmayapti” sarlavhasi bilan tanqidiy material eʼlon qilingan edi.
Unda Majburiy ijro byurosining Qarshi tumani boʻlimi tomonidan savdoga qoʻyilgan obyektni elektron onlayn auksion orqali yutib olganim, 84 mln. soʻmga yaqin mablagʻ oʻtkazganim va sud orqali savdo noqonuniy deb topilgach, sud tomonidan MIB zimmasiga mening 84 mln. soʻmga yaqin mablagʻimni qaytarish majburiyati yuklangani haqida yozilgan edi.
Afsuski, ushbu tanqidiy materialdan soʻng ham Majburiy ijro byurosi Qarshi tumani boʻlimi rahbariyati bir enlik javob xati yozishni oʻzlariga ep koʻrmadi. Hayronman, ular sud qaroriga shunchalar nopisandmi yoki tadbirkorni istagancha sarson qilish mumkin deb oʻylashadimi?
MIB sud qarorini bajarmasa, dardimni kimga aytay unda? Nahotki tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish uchun tuzilgan ushbu byuro vakillari tadbirkorning peshona teri bilan topgan pulini qaytarmaslik amaldagi qonunlarga zid ekanini xayollariga ham keltirmasa? Bu savolimga kim javob beradi? Kim mening qonuniy huquqimni tiklashga yordam beradi?
Zafar XOLIYOROV, Qarshi tumanida yashovchi tadbirkor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring