Mezbonlar turnirni tark etdi, Iordaniya keyingi bosqichda
Kecha, 12-yanvar kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan U-23 Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi Vyetnam yoshlari bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida Vyetnam termasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Nguyen Din Bak mualliflik qildi.
Shu tariqa 3 ta oʻyinda 3 ta gʻalabaga erishgan Vyetnam U-23 terma jamoasi 9 ochko bilan guruh bosqichini 1-oʻrinda yakunladi. Musobaqa mezboni Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi esa 3 ochko jamgʻargan holda guruhda qolib ketdi.
“A” guruhining ikkinchi oʻyinida Iordaniya terma jamoasi Qirgʻiz Respublikasi yoshlari bilan oʻyin oʻtkazdi. Ushbu oʻyin ham 1:0 hisobida yakunlandi.
Iordaniya termasining gʻalaba goliga Ali Al-Azaiza mualliflik qildi. Shu tariqa ushbu yurt vakillari 6 ochko bilan guruhda 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi va chorak finalga yoʻl oldi. Qirgʻiz Respublikasi esa musobaqani 0 ochko bilan yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring