Messi va jamoasi Amerika Ligalar kubogi finalida magʻlub boʻldi
Bugun, 1-sentyabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Sietl shahrida Amerika Ligalar kubogi musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda “Sietl” jamoasi “Inter Mayami” bilan kuch sinashdi.
“Lumen Fild” stadionida boʻlib oʻtgan bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Osaze Rosario, Pol Rotrok va Aleks Roldan mualliflik qildi.
“Inter Mayami” safida Serxio Buskets, Jordi Alba, Luis Suares, Lionel Messi kabi yulduzlar oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa maydonda harakat qildilar. Ammo, bu jamoaga foyda keltirmadi.
Maʼlumot uchun, Lionel Messi 2023-yilda aynan ushbu musobaqa chempioniligini qoʻlga kiritgan. Oʻshanda “Inter Mayami” jamoasi finalda “Nashvill” klubini magʻlub etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring