Messi uchun «Barselona» darvozasi butunlay yopildimi?
Foto: AP
Argentina va «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi oʻz faoliyatini yakunlash haqida gapirdi.
«Futboldan ketishga hozircha tayyor emasman, chunki umr boʻyi shu ish bilan shugʻullanib keldim. Hammasi tugashi qoʻrqinchli tuyuladi. Men futbol oʻynashni yaxshi koʻraman va undan koʻproq zavq olaman. Futboldagi faoliyatim tugashiga oz qolganini tushunib turibman. Oʻylashimcha, «Inter Mayami» mening oxirgi klubim boʻladi», deydi Messi.
Argentinalik faoliyatini «Barselona»da yakunlamoqchi boʻlgani haqida bir qator intervyularida aytgan. Ammo «Daydi oʻgʻilning qaytishi» «Barselona» rahbariyati bilan kelishmovchiliklar tufayli amalga oshmagan edi.
«Messining endi Katoloniya klubiga qaytishi avvalgidan ham murakkab vazifa boʻlib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri esa Xavining jamoadan ketishi boʻldi», deb yozmoqda futbol mutaxassislari.
Maʼlumot uchun, Messi 2023-yilning yozidan buyon «Inter Mayami»da oʻynamoqda. 2003-yildan 2021-yilgacha hujumchi «Barselona»da oʻynagan va ispan klubi bilan 10-marta Ispaniya chempionatida, 7-marta kubogida, 8-marta Superkubogida gʻolib chiqqan. Shuningdek, u toʻrt marta Yevropa Chempionlar ligasida, 3-marta UYEFA Superkubogida bosh sovrinni qoʻlga kiritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring