Messi afsonaviy futbolchi Pelening rekordini yangiladi

17:54 23 Dekabr 2020 Sport
1402 0

Ispaniyaning “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi afsonaviy braziliyalik futbolchi Pelening rekordini yangiladi.

Gap shundaki, u bir klub safida eng koʻp gol urish boʻyicha uch karra jahon chempioni Peleni ortda qoldirdi.

22-dekabr kuni Messi “Barselona” safida 644-golini kiritgan. Shu tariqa u gollar soni boʻyicha Peledan bittaga oʻzib ketdi.

Oʻz navbatida, Pele Messini ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklab, bir klubga boʻlgan bunday sadoqat kam uchraydigan holat ekanini aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?