Merganlarimiz jahon chempionatida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritishdi
Janubiy Koreyaning Chxanvon shahrida oʻq otish sporti boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Dunyoning 45 mamlakatidan 600 nafardan ziyod merganlar ishtirok etayotgan musobaqaning bugungi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi.
Yurtdoshlarimiz har ikki medalni ham yigitlar oʻrtasida 50 metrdan toʻpponchadan otish dasturida qoʻlga kiritishdi. Yakkalik bahslarida Veniamin Nikitin shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy olgan boʻlsa, Muhammad Kamalov, Ilhombek Obidjonov va Veniamin Nikitin jamoaviy dasturda kumush medallar bilan taqdirlanishdi.
Qayd etish joiz, oʻtgan yili Misrda oʻtgan jahon chempionatida ham yoshlarimiz jamoaviy dasturda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi. Bu yil merganlarimiz yakkalik dasturidagi medalni ham terma jamoamiz gʻaznasiga qoʻshib, oʻzlari qayd etgan natijani yangilashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring