“Mergan o‘qchi” turniri g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazida “Mergan o‘qchi” turniri o‘tkazildi.
Vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan xabar berishlaricha, “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab uyushtirilgan ushbu musobaqada 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar ishtirok etdi.
Bahslar yakkalik tarzda — yigitlar va qizlar bellashuvidan iborat bo‘lib, unda ishtirokchilar pnevmatik miltiq hamda to‘pponchadan foydalangan holda 20 marotabadan nishonlarga qarata o‘q uzishdi.
Har bir bosqich bo‘yicha ishtirokchilarning qo‘lga kiritgan natijalari hakamlar hay’ati tomonidan odilona baholab borildi.
Yakuniy natijalar bo‘yicha g‘oliblikka erishgan musobaqa qatnashchilari diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring