Menda koronavirus alomatlari yoʻq, lekin profilaktika uchun qanday chora tadbirlar koʻrishim kerak? — dolzarb savollarga aniq javoblar qaytarildi

15:51 10 Oktyabr 2020 Jamiyat
1398 0

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida oʻtkazilgan brifingda pandemiya bilan bogʻliq savollarga javob qaytarildi:

Savol: Menda koronavirus alomatlari yoʻq, lekin profilaktika uchun qanday chora tadbirlar koʻrishim kerak?

Javob: Birinchi navbatda suyuqlik ichish — bu barcha uchun umumiy tavsiya hisoblanadi.

Ovqatlanish ratsioni oqsil va vitaminlarga boy boʻlishi lozim. Tarkibida vitaminlar tutgan sitrus mevalar va sabzavotlar isteʼmol qilish mumkin.

Bundan tashqari shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish ishonchli profilaktik usullardan biri hisoblanadi. Yaʼni qoʻllarni muntazam sovun bilan yuvish, 1-martalik qogʻoz salfetkalardan foydalanish, niqoblardan foydalanish va ularni har 2 soatda almashtirib turish, xonalar va buyumlar yuzalarini dezinfeksiya qilish lozim.

Savol: Oʻsma kasalligi mavjud boʻlgan bemor sifatida COVID-19 toʻgʻrisida nimalarni bilishim lozim? Ximioterapiya olaman.

Javob:  Oʻsma kasalligi va uning davo choralari immun tizimini bir muncha pasaytirishi mumkin, ammo davolanish yakunida koʻpchilik bemorlarda immun tizimi qayta tiklanadi.

Oʻsma kasalligi mavjud bemor COVID-19 kasalligi fonida eng samarali himoya yoʻli: tavsiyalarga amal qilish, yaʼni ijtimoiy masofa saqlash va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishingiz lozim.

Agar siz oʻsma kasalligida oʻtkazilgan davo choralari COVID-19 kasalligiga chalinish xavfini oshirishi haqida xavotirda boʻlsangiz, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?