“Men ham bu urushni xohlamayman” — Netanyahu Eron xalqiga murojaat qildi

15:08 13 Noyabr 2024 Dunyo
240 0

Foto: AP

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron xalqiga videomurojaat yozib, Isroil Eron rasmiylaridan farqli ravishda urushni xohlamasligini aytdi. Murojaat bosh vazirning “X” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilingan.

Unga koʻra, faqat Eron xalqi Oyatulloh Ali Homanaiy rejimidan Isroildan koʻra koʻproq qoʻrqadi. Siyosatchining qoʻshimcha qilishicha, shu yilning 1-oktyabr kuni Isroilga qilingan raketa hujumi Eronga 2,3 milliard dollarga tushgan, keyingi ehtimoliy hujum esa Eron iqtisodiyotiga yanada koʻproq zarar yetkazadi.

“Homanaiy rejimi kundan-kunga zaiflashmoqda, Isroil esa kuchayib bormoqda — hozirgacha dunyo bizning kuchimizning bir qismini koʻrgan. Bilaman, koʻplaringiz bu urushni xohlamaysizlar. Men ham bu urushni xohlamayman. Isroil xalqi bu urushni xohlamaydi», deydi Netanyahu va eronliklarni “farovon va tinch kelajak” uchun kurashishga chaqirdi.

Avvalroq, Livandagi “Hizbulloh” harakatining peyjerlarini portlatishga Isroil bosh vaziri shaxsan buyruq bergani maʼlum boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер