Mehnat migrantlarining muammolariga yechim topishda koʻmaklashilmoqda
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligi, “Uzbekistan airways” kompaniyasi xodimlari hamkorlikda “Baltrans” korxonasiga qarashli “Lyubograd” turar joy kompleksi qurilishida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 70 nafardan ortiq fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги xabar berdi.
Uchrashuvda migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Fuqarolarimizning yashash va ish sharoitlari oʻrganilib, ularning muammo va savollariga yechim topishda koʻmaklashildi.
Shuningdek, uchrashuvda fuqarolarga Rossiya Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli vaʼdalarga uchmaslik yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring