Mehnat migrantlari moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasi ishga tushdi
Markaziy bank tomonidan mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha loyiha amalga oshirilishi boshlandi.
Joriy yil 24-noyabr kuni Markaziy bank tomonidan “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi bilan birgalikda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining 12 ta viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridagi trenerlarni moliyaviy savodxonlik boʻyicha tayyorlash yuzasidan trening oʻtkazildi.
Trening doirasida toʻlov va pul oʻtkazmalari, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar, moliyaviy xavfsizlik (jumladan, raqamli moliyaviy xavfsizlik) va bank omonatlari kabi mavzular yoritildi. Bundan tashqari, dasturga «Sberbank» OAJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan maʼlumotlar va materiallar kiritilgan boʻlib, ular Rossiya Federatsiyasining bank xizmatlari boʻyicha batafsil maʼlumotlarni ochib berdi.
Loyiha joriy yilning dekabr oyidan boshlab Agrobank, Mikrokreditbank, Xalq bankining konsalting koʻmagi ostida 6 kunlik kengaytirilgan oʻquv kursi doirasida “Ishga marhamat” monomarkazlarining 14 ta filiallarida, bir kunlik tezlashtirilgan oʻquv kursi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring